Myanmada harbiy to'ntarishga norozilik namoyishlari vaqtida 581 kishi halok bo'ldi

Siyosiy mahbuslarga yordam tashkiloti hisobotiga ko’ra, so’nggi bir sutkada 11 kishi halok bo’lgan. Hisobotda jami qurbonlar soni 581 nafarga yetgani, 2750 kishi qo’lga olingani qayd etilgan.

1616374
Myanmada harbiy to'ntarishga norozilik namoyishlari vaqtida 581 kishi halok bo'ldi

 

Myanmada harbiy to’ntarish va hukumat vakillarini qo’lga olish holatlariga qarshi norozilik namoyishlari vaqtida 581 kishi halok bo’ldi.

Siyosiy mahbuslarga yordam tashkiloti hisobotiga ko’ra, so’nggi bir sutkada 11 kishi halok bo’lgan.

Hisobotda jami qurbonlar soni 581 nafarga yetgani, 2750 kishi qo’lga olingani qayd etilgan.

Harbiy to’ntarishga qarshilik ko’rsatgan 463 nafar shaxs ustidan qo’lga olish to’g’risida qaror olingan.

Ayni vaqtda, Myanma qo’shini Kachin viloyatida namoyishchilarni qidirish va ularni qo’lga olish maqsadida cherkovlarga bosqin uyushtirgani ma’lum bo’ldi.

“The Irrawaddy” internet saytida o’rin olgan xabarga ko’ra, viloyatga qarashli Mohnyun tumanida harbiylar ba’zi cherkovlarga bosqin uyushtirmoqda. Ular namoyishchilarning o’sha cherkovlarga yashiringanini ilgari surmoqda.

Harbiylar cherkov eshiklarini buzib, ba’zi ashyolarga zarar yetkazgan. Cherkovlarda moddiy talofat yuzaga kelgan.


Tanlangan kalimalar: #harbiy to'ntarish , #Myanma

Aloqador xabarlar