Yevropa ittifoqi rasmiylari Turkiyaga tashrif uyushtirmoqda

Yevropa ittifoqi rasmiylari 6 - aprel kuni Turkiyaga tashrif uyushtirmoqda.

1610981
Yevropa ittifoqi rasmiylari Turkiyaga tashrif uyushtirmoqda

Yevropa ittifoqi kengashi rahbari Charlz Mishel bilan ittifoqning komissiya rahbari Ursula von der Leyen 6 - aprel kuni Turkiyaga tashrif uyushtiradi.

Mishelning Matbuot xizmati kotibi Barend Leyts, Yevropa ittifoqi yetakchiligining Turkiyaga qachon tashrif uyushtirishi haqidagi ma’lumotni ijtimoiy tarmoq hisobidan bo‘lishdi.

Leyts, Mishel va von der Leyenning 6 - aprel kuni Turkiyada Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazishini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz Mishel o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan Yevropa ittifoqi Liderlar sammiti ortidan aprel oyida Turkiyaga tashrif uyushtirish masalasini ishlab chiqish uchun Turk rasmiylari bilan aloqada ekanliklarini ma’lum qilgandi.  

YI Liderlar sammiti yig‘ilishida iqtisodiyot, migratsiya, jamoalararo aloqa va sayohat kabi mavzularda Turkiya bilan hamkorlikni mustahkamlash fikri ustidan kelishilgandi.



Aloqador xabarlar