AQShda vertolyot halokati ro'y berdi

27 mart shanba kuni noma’lum sabablarga ko‘ra qulab tushgan "Eurocopter AS50" vertolyoti bortidagi besh kishi halok bo‘lgan, bir kishi omon qolgan.

1610442
AQShda vertolyot halokati ro'y berdi

 

AQShning Alyaska shtati Byutt shahri yaqinida vertolyot halokatga uchradi.

Bu haqda mahalliy hukumat vakillariga asoslanib "Associated Press" xabar agentligi xabar berdi.

27 mart shanba kuni noma’lum sabablarga ko‘ra qulab tushgan "Eurocopter AS50" vertolyoti bortidagi besh kishi halok bo‘lgan, bir kishi omon qolgan, uni og‘ir ahvolda shifoxonaga joylashtirishgan.

AQSh transportlar xavfsizligi milliy kengashi halokat sabablarini o‘rganmoqda. Halokat yuz bergan hudud bo‘ylab parvozlar vaqtincha to'xtatilgan.


Tanlangan kalimalar: #vertolyot halokati , #AQSh

Aloqador xabarlar