Hindiston AstraZeneca vaksinasi eksportini to‘xtatdi

Hindiston AstraZeneca vaksinasi eksportini to‘xtatib qo‘ydi. Chunki, mamlakatda koronavirus tarqalishi tobora avj olmoqda va hukumat birinchi navbatda o‘z fuqarolarini vaksina bilan ta'minlashni rejalashtirmoqda.

1608092

BBC xabariga ko’ra, Hindiston tashqi ishlar vazirligi 25 martdan o‘z vaksinasi eksportini to‘xtatadi. 

Vazirlik mamlakatda koronavirus tezkor tarqalib borayotganligi sababli, Hindistonda ishlab chiqarilgan AstraZeneca vaksinasini boshqa davlatlarga eksport qilishni vaqtinchalik to’xtatganligini e’lon qildi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, hukumat birinchi navbatda o‘z fuqarolarini vaksina bilan ta'minlashi kerak. Bunga ehtiyoj bor.

Bu esa, aprel oyiga qadar boshqa mamlakatlarga vaksina yetkazib berishda ba’zi kechikish holatlariga sabab bo’lishi mumkinligi qayd etildi.

Hindiston sog’liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko’ra, so’nggi bir kunda 47 ming 262 kishida koronavirus aniqlangan. Shuningdek, bir sutkada 275 kishi hayotdan ko’z yumgan. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 160 ming 441 nafarga yetgan.

Ayni vaqtlarda Hindistonning ba’zi shtatlarida koronavirusning juft mutantli yangi turi aniqlangan.

Tanlangan kalimalar: #Hindiston , #AstraZeneca

Aloqador xabarlar