AQShda qahraton sovuq tufayli 70ga yaqin inson halok bo’ldi

Mamlakatning qator hududlarida o’ta qattiq sovuq va qor bo‘ronlari sodir bo‘lmoqda. Noqulay ob-havo sababli elektr ta'minotida uzilishlar ro‘y berdi, qator korxonalar ish faoliyati to‘xtab qoldi.

1588389
AQShda qahraton sovuq tufayli 70ga yaqin inson halok bo’ldi

 

AQShda qahraton sovuq tufayli 70ga yaqin inson halok bo’ldi.

Salbiy ob-havo sharoiti tufayli Texas, Luiziana, Kentukki, Shimoliy Karolina va Missurida insonlar nobud bo’lmoqda.

Mamlakatning qator hududlarida o’ta qattiq sovuq va qor bo‘ronlari sodir bo‘lmoqda. Noqulay ob-havo sababli elektr ta'minotida uzilishlar ro‘y berdi, qator korxonalar ish faoliyati to‘xtab qoldi. Prezident Jo Bayden Texas shtatini tabiiy ofat hududi deb e’lon qildi.

Texas shtatining Konro shahri elektr ta'minotisiz qolgani sababli 11 yoshli bola halok bo’lgan. Oilasining so‘zlariga ko‘ra, u sovuqdan vafot etgan.

Nyu-York Times gazetasi xabar berishicha, Texasda shifoxonada davolanayotgan 75 yoshdagi Karrol Anderson ismli bemor elektr ta’minoti to’xtagani sababli vafot etgan. U shifoxonada kislorod trubkasiga ulangandi.

Insonlar isinish uchun qo‘llangan mashina va elektr isitkichlardan chiqqan gazlardan zaharlanishmoqda.

AQSh janubida rekord darajadagi sovuq havo yana bir necha kun davom etishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #sovuq , #AQSh

Aloqador xabarlar