Covid-19 masalasi ustidan Xitoyga ketgan JSST hay’ati, karantindan chiqdi

Covid - 19ning kelib chiqish sabablarini izlashtirish maqsadida Xitoyga ketgan Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti hay’ati, karantindan chiqdi.

1573026
Covid-19 masalasi ustidan Xitoyga ketgan JSST hay’ati, karantindan chiqdi

Yangi turdagi koronavirusning (Covid - 19) kelib chiqish sabablarini izlashtirish maqsadida Xitoyga ketgan Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti hay’ati, karantindan chiqdi.

Xitoyga borishlari ortidan 14 kunlik karantinga olingan JSST hay’ati, Uxandagi mahmonxonalardan tashqariga chiqdi.  

Hay’atning Covid - 19 ning kelib chiqish sabablarini izlashtirish uchun Uxanda tadqiqot ishlari yuritishi rejalashtirilmoqda.

Xitoy Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Chjao Litszyan, hay’at haqida jurnalistlarga bergan bayonotida, karantindan chiqqach olimlarning Covid - 19 ning kelib chiqish sabablarini izlashtirish bilan birga xitoylik olimlar bilan ham mushtarak faoliyatlar olib borishini, xitoylik mutahassislar bilan hamkorlik jarayonida JSST hay’atiga yordam va qulaylik berilishini qayd etgandi.  

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh), Avstraliya, Germaniya, Yaponiya, Angliya, Rossiya, Gollandiya, Qatar va Vetnamdan mutahassis va tadqiqotchilardan tashkil topgan 13 kishilik hay’atning, 14 kunlik karantin jarayonida xitoylik rasmiylar bilan online tarzda yig‘ilish o‘tkazishi ham ma’lum qilingandi.

Jahon Covid -19 bilan birinchi marotaba, Xitoynnig 2019 - yilning 31 - dekabri kuni Xubey shtatiga qarashli Uxan shahrida, “kelib chiqish sababi noma’lum nafas olish yo‘li kasalligi” paydo bo‘lganini JSSTga xabar qilishi bilan xabardor bo‘lgandi.


Tanlangan kalimalar: #JSST , #Xitoy , #Covid-19

Aloqador xabarlar