AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken NATO bosh kotibi bilan muloqot qildi

AQShning yangi davlat kotibi Entoni Blinken NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan muloqot qildi. Blinken suhbat chog’ida AQSh NATOni mustahkamlash bo’yicha rejasiga sodiqligini bildirdi.

1572770

“Blinken va Stoltenberg joriy yilning dastlabki yarmida NATO liderlari sammitini tashkil qilishga kelishib oldi. Blinken shuningdek, Bayden hukumatining Transatlantika ittifoqini kuchaytirishga va jonlantirishga bo’lgan sodiqligini qayd etdi”,-deb ma’lum qiladi AQSh davlat kotibligi voizi Ned Price.

AQShning yangi davlat kotibi etib tasdiqlangan Blinken avvalroq qator mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qilgandi. U birinchi bo‘lib Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab, Germaniya tashqi ishlar vaziri Heiko Maas, Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Yves le Drian va Isroil tashqi ishlar vaziri Gabi Ashkenazi bilan suhbatlashgan.

Blinken yevropalik mulozimlar bilan suhbat davomida AQSh uchun NATOning ahamiyatini va AQSh bilan ushbu mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bo’yicha fikrini tilga oldi.

Tanlangan kalimalar: #AQSh , #NATO , #Entoni Blinken

Aloqador xabarlar