AQSh, Turkiya bilan Gretsiya o‘rtasidagi muzokaralarning takror boshlashidan xursand

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh), Turkiya bilan Gretsiya o‘rtasidagi muzokaralarning takror boshlashidan xursand.

1570857
AQSh, Turkiya bilan Gretsiya o‘rtasidagi muzokaralarning takror boshlashidan xursand

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat departamenti rasmiy vakili Ned Prays, Turkiya bilan Gretsiya o‘rtasidagi muzokaralarning takror boshlashini xursandchilik bilan qarshi olganliklarini qayd etdi.

Prays mavzu haqida Twitter hisobi orqali bergan bayonotida,

“AQSh Turkiya bilan Gretsiya o‘rtasidagi muzokaralarning Istanbulda takror boshlashi va ikkala hukumatning ham jarayonga sodiqligini xursandchilik bilan qarshi oladi. Sharqiy O‘rta yer dengizida taranglikni kamaytirish ustidan olib borilgan har qanday say - harakatni qo‘llab - quvvatlaymiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiya bilan Gretsiya o‘rtasida Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaraning navbatdagi 61 - bosqichi kecha tamomlandi.

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko‘ra Dolmabaxche saroyida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda avvalgi (oltmishinchi) bosqichda qo‘lga olingan mavzular baholanib, mavjud va oxirgi vaziyatlar bilan kelajakda bular ustidan qanday faoliyatlar olib borilishi kerakligi masalasi muhokama qilingan.

Tomonlar navbatdagi muzokaraning Gretsiya poytaxti Afinada o‘tkazilishi borasida kelishib olgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya bilan Gretsiya , #Ned Prays , #AQSh

Aloqador xabarlar