Antonio Guterres koronavirusning mutatsiyaga uchrash tahlikasi haqida ogohlantirdi

“Rivojlangan davlatlar o’z fuqarolarini koronavirusga qarshi emlab, rivojlanayotgan davlatlarni nazardan chetda qoldirgan holda, bexavotir bo’lishini o’ylayotgan bo’lsa adashadi”,-deb aytgan Antonio Guterres.

1570862
Antonio Guterres koronavirusning mutatsiyaga uchrash tahlikasi haqida ogohlantirdi

 

BMT Bosh kotibi Antonio Guterres koronavirusga qarshi vaksina rivojlanayotgan mamlakatlarga yetib borishi kechikadigan bo’lsa, virus mutatsiyaga uchragan holda yana ham yuqumliroq va xavfliroq bo’lishi mumkinligini va shu tariqa vaksina ishga yaramay qolishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Jahon iqtisodiy forumining videokonferensiya shaklidagi “2021 yil Davos kun tartibi” nomli anjumanida ishtirok etgan Antonio Guterres global iqtisodiyotni jonlantirishning birgina yo’li koronavirusga qarshi vaksinani butun dunyoga teng va tezkor yetkazish bilangina amalga oshishini bildirdi.

“Rivojlangan davlatlar o’z fuqarolarini koronavirusga qarshi emlab, rivojlanayotgan davlatlarni nazardan chetda qoldirgan holda, bexavotir bo’lishini o’ylayotgan bo’lsa adashadi”,-deb aytgan Antonio Guterres.

Uning ta’kidlashicha, virusni yana ham yuqumliroq va xavfliroq darajaga keltirgan holda mavjud vaksinalarni befoyda qiladigan mutatsiya tahlikasi bor.

Vaksina bilan ta’minlash va uni barchaga teng tarqatish bo’yicha tengsizlik mavjudligiga diqqat qaratgan Guterres, COVID-19ga qarshi vaksina ishlab chiqarish hajmi butun dunyoda oshirilishi zarurligini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #koronavirus , #BMT

Aloqador xabarlar