Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 93 mlnga yaqinlashdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 987 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 92 mln 788 mingni tashkil qilmoqda. 66 mln 305 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1563619
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 93 mlnga yaqinlashdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 987 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 92 mln 788 mingni tashkil qilmoqda. 66 mln 305 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 394 mingga yaqinlashdi. Virusga chalinganlar soni 23 mln 616 mingdan ko’proq.

Braziliya koronavirusdan o’limlar soni bo’yicha AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turibdi. Mamlakatda so’nggi bir kunda 1274 kishi COVID-19 tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 206 mingni tashkil qilmoqda. So’nggi bir kunda koronavirusga chalinish bilan bog’liq 60 ming 899ta yangi holat qayd etildi. Shu bilan virusga chalinganlar soni 8 mln 257 mingga yetdi.

Meksikada so’nggi bir sutkada 1235 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab koronavirus tufayli vafot etganlar soni 136 ming 917 nafarga yetdi. Mamlakatda virusga chalinganlar soni 1 mln 571 ming 901 nafarni tashkil qilmoqda.

Koronavirus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 1564 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab virus qurbonlarining umumiy soni 84 ming 767 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinganlar soni 3 mln 211 ming 576 nafarga yetdi. Oxirgi bir sutkada 47 ming 525ta yangi holat qayd etildi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 527 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab vafot etganlarning umumiy soni 80 ming 326 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 15 ming 774 kishiga oshib, 2 mln 319 ming 36 nafarni tashkil qilmoqda.

Fransiyada koronavirus qurbonlarining umumiy soni 69 ming 31 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 2 mln 830 mingni tashkil qilmoqda.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Ispaniyada so’nggi bir sutkada 195 kishi koronavirus qurboniga aylandi. COVID-19 tufayli vafot etganlarning umumiy soni 52 ming 878 nafarga yetdi. Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakatda virusga chalinganlarning umumiy soni 2 mln 176 ming 89 nafarni tashkil qilmoqda.

Germaniyada so’nggi bir kunda 1244 kishi virus qurboniga aylandi. COVID-19 tufayli vafot etganlarning umumiy soni 43 ming 881 nafarga yetdi. Virusdan kasallanganlar soni 1 mln 978 ming 590 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda bir sutkada 25 ming 164ta yangi holat qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar