Tramp Vashingtonda favqulodda vaziyat rejimini joriy qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyning yangi rahbari Jo Baydenning 20 yanvarda bo’lib o’tadigan inauguratsiyasi munosabati bilan tartibni saqlash uchun Vashingtonda favqulodda vaziyat rejimini joriy qildi.

1561974

Oq uydan ma’lum qilinishicha, Tramp Baydenning inauguratsiyasiga barcha tayyorgarliklarni ko’rish uchun favqulodda vaziyat rejimini joriy qildi. Favqulodda choralar 11 yanvardan 24 yanvargacha amal qiladi. Baydenning inauguratsiyasi 20 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Favqulodda vaziyat bilan bog‘liq xarajatlar to‘liq federal budjetdan (FEMA) qoplanadi.

Prezident buyrug‘iga ko‘ra, ichki xavfsizlik vazirligi favqulodda hodisalar holatida yordam ko‘rsatish uchun barcha sa'y-harakatlarni muvofiqlashtiradi.

Eslatish joizki, Tramp tarafdorlari 6 yanvarda Vashingtondagi AQSh kongress binosiga bostirib kirishgandi. Politsiya kongress binosiga bostirib kirgan olomonni qalampir gazi bilan to’xtatishga uringandi. Tartibsizliklar vaqtida 5 kishi hayotdan ko’z yumgandi. Voqealarni bostirish uchun AQSh milliy gvardiyasi jalb qilingandi.

Tanlangan kalimalar: #Jo Bayden , #AQSh , #Donald Tramp

Aloqador xabarlar