AQSh Kongressi Baydenning g‘alabasini rasman tasdiqladi

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens: “Jo Bayden AQShning 46-prezidenti sifatida vazifani bajarishga kirishadi”,-deb bayonot berdi.

1559248
AQSh Kongressi Baydenning g‘alabasini rasman tasdiqladi

 

AQSh Kongressi Baydenning g‘alabasini rasman tasdiqladi.

AQSh Kongressi binosi Tramp tarafdorlari tomonidan qamal qilinishi ortidan takror to'plangan senat va vakillar palatasi a’zolari demokratlar nomzodi Jo Bayden 2020 yil noyabrida o‘tkazilgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganini rasman tasdiqladi.

Jo Bayden saylovchi delegatlarning 306 ovozini, amaldagi prezident, respublikachi Donald Tramp  232 ovoz olgani rasman e'lon qilindi. Respublikachilarning Pensilvaniya va Jorjiya shtatlarida ovoz berish natijalarini qayta hisoblash bo‘yicha urinishlari natija bermadi.

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens: “Jo Bayden AQShning 46-prezidenti sifatida vazifani bajarishga kirishadi”,-deb bayonot berdi.

Endilikda, 20 yanvar kuni Jo Bayden qasamyod qabul qilib, AQShning 46-prezidenti sifatida vazifani bajarishga kirishadi.

Donald Tramp esa kongressdagi yig’ilishdan so’ng, “Saylov natijasiga butkul qarshi chiqsam-da, 20 yanvarda lavozimni shubhasiz topshiraman”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Donald Tramp , #AQSh , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar