AQShda 15 kunlik favqulodda holat e’lon qilindi

AQSh poytaxti Vashingtonda amaldagi prezident Donald Tramp tarafdorlari tartibsizlik keltirib chiqardi. Ular kongress binosiga bostirib kirishdi. Tartibsizliklar vaqtida 4 kishi hayotdan ko’z yumdi, kamida 52 kishi qo’lga olindi.

1559099
AQShda 15 kunlik favqulodda holat e’lon qilindi

 

AQSh poytaxti Vashingtonda amaldagi prezident Donald Tramp tarafdorlari tartibsizlik keltirib chiqardi. Ular kongress binosiga bostirib kirishdi. Tartibsizliklar vaqtida 4 kishi hayotdan ko’z yumdi, kamida 52 kishi qo’lga olindi.

Mamlakatda 15 kunlik favqulodda holat e’lon qilindi.

Politsiya kongress binosiga bostirib kirgan olomonni qalampir gazi bilan to’xtatishga uringan.

Voqealar paytida jarohatlangan bir ayol shifoxonada hayotdan ko’z yumgan. Ushbu ayolning kimligi haqida ma’lumot berilmadi.

Vashington politsiya boshqarmasi shefi Robert Konte ma’lum qilishicha, tartibsizliklar vaqtida yana uch kishi hayotdan ko’z yumgan.

Uning ta’kidlashicha, 14 nafar politsiya xodimi yengil jarohatlangan, 50dan ortiq kishi qo’lga olingan.

Xavfsizlik kuchlari kongress binosi yaqinlarida bomba topilganligini va yo’q qilinganligini ma’lum qilgan. Tartibsizlik oqibatida AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi. Senat va vakillik palatasi tartibsizlik sababli Jo Baydenning g‘alabasini rasman tasdiqlash bo’yicha yig‘ilishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Senatorlar xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi.

Mayk Pens milliy gvardiyadan Kongressni namoyishchilardan tozalashni talab qildi. 

AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden Kapitoliydagi voqealar sababli amerikaliklarga murojaat qildi va bo‘lib o‘tgan voqeani isyon deb atadi. Bayden prezident Trampdan milliy telekanal orqali namoyishchilarni to‘xtatishga chaqirishni talab qildi. Ko‘p o‘tmay Tramp tvitterdagi sahifasida videomurojaat e'lon qildi.

“Sizning dardingiz, alamingizni tushunib turibman. Biz saylovlarda nohaqlikka uchradik, lekin uyga ketadigan vaqt bo‘ldi. Tinchlikni saqlang va bir-biringizni hurmat qiling”, dedi Tramp murojaatida.

Voqealar sababli Tramp milliy gvardiyaga kongress binosidagi tartibsizliklarni bostirish to’g’risida buyruq berdi.

Prezident Donald Tramp internet tarmoqlari orqali namoyishchilarni sukunatga chaqirgan.

Voqealar sababli poytaxtda komendantlik soati e’lon qilindi.

AQSh prezidenti Donald Tramp tartibsizliklar boshlanishidan avval prezident saylovlari natijalarini hech qachon tan olmasligini ma’lum qilib, kurashdan aslo toymasligini ma’lum qilgandi.

Tramp aslida saylov g’olibi o’zi ekanligini ilgari surib, “Mag’lubiyatni aslo tan olmayman va kurashdan toymayman!”,-deb aytgandi.


Tanlangan kalimalar: #Donald Tramp , #AQSh

Aloqador xabarlar