Izsiz yo‘qolgan Chili harbiy-havo kuchlari samolyotining bo'laklari topildi

“Samolyotning bo’laklari shuni ko’rsatadiki, bortidagi biron kishining tirik qolishi amri mahol”,-deb aytgan Chili harbiy-havo kuchlari qo’mondoni.

1322758
Izsiz yo‘qolgan Chili harbiy-havo kuchlari samolyotining bo'laklari topildi

 

Antarktidaga parvoz vaqtida izsiz yo‘qolib qolgan Chili harbiy-havo kuchlarining samolyoti halokatga uchraganligi aniqlandi.

Bu haqda Chili mudofaa vaziri Alberto Espina ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, dushanba kuni izsiz yo’qolgan harbiy samolyotning bo’laklari topilgan. Samolyot bortida 38 kishi bo’lgan. Tirik qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda. 

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Chili mudofaa vaziri Alberto Espina bilan Chili harbiy-havo kuchlari qo’mondoni Arturo Merino samolyot parvoz qilgan Punta-Arenasda matbuot anjumani o’tkazdi.

“Samolyot bedarak yo’qolgandan so’ng 48 soat o’tgach, uning bo’laklari topildi. Qidiruv operatsiyasida 8 nafar xalqaro agentlik ishtirok etdi. Samolyot qoldiqlarini topishda ularning xizmati katta bo’ldi”,-deb aytgan Chili mudofaa vaziri.

Chili harbiy-havo kuchlari qo’mondoni Arturo Merino ma’lum qilishicha, dengizda topilgan jasad bo’laklari samolyotdagilarga oid bo’lishi mumkin.

“Samolyotning bo’laklari shuni ko’rsatadiki, bortidagi biron kishining tirik qolishi amri mahol”,-deb aytgan Chili harbiy-havo kuchlari qo’mondoni.

Havo kemasi Punta-Arenas shahridagi harbiy aviabazadan Antarktikadagi bazaga parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan.

“Hercules C130” samolyoti bortida 17 nafar ekipaj va 21 nafar yo‘lovchi bo’lgan. Ular neft tarmog‘ini ta’mirlash bo‘yicha mutahassislar bo‘lgan.

 


Tanlangan kalimalar: #halokat , #harbiy samolyot , #Chili

Aloqador xabarlar