Rossiya harbiy politsiyasi Suriya shimolida qo’riqlash ishlarini davom ettirmoqda

“Rossiya harbiy politsiyasi Ajemi-Karakoza-Kobani-Koran, Qamishli-Fakira, Qamishli-Simalka guzargohlarida patrullik xizmatini o’tamoqda”,-deyiladi bayonotda.

1295945
Rossiya harbiy politsiyasi Suriya shimolida qo’riqlash ishlarini davom ettirmoqda

 

 

Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Turkiya bilan Rossiya o’rtasida imzolangan anglashuv memorandumiga binoan, Rossiya harbiy politsiyasi Suriya shimolida qo’riqlash ishlarini davom ettirmoqda.

“Rossiya harbiy politsiyasi Ajemi-Karakoza-Kobani-Koran, Qamishli-Fakira, Qamishli-Simalka guzargohlarida patrullik xizmatini o’tamoqda”,-deyiladi bayonotda.

Ma’lumotga ko’ra, ikki davlat o’rtasida imzolangan memorandumga ko’ra, ertaga oqshomgacha mintaqadagi barcha YPG/PKK terror tashkiloti jangarilari hamda ularga tegishli qurol-aslahalar chegaradan 30 kilometrgacha uzoqlashtirilgan bo’lishi kerak.

“29 oktyabr soat 18:00ga qadar kurd jangarilar qurollari bilan birga, Suriya-Turkiya chegarasining 30 km tashqarisiga chiqarilishi kerak. So’ngra, Rossiya-Turkiya qo‘shinlari birgalikda chegaradan 10 kilometr ichkarida “Tinchlik bulog‘i” harbiy operatsiyasi o‘tayotgan hududdan g‘arbga va sharqqa tomon qo‘riqlashni boshlashadi”,-deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, jangarilar qurollari bilan birga Munbij va Tel-Rifat hududidan ham uzoqlashtirilishi zarur.

“Bu faoliyatlarning to’la-to’kis ado etilishi Suriya-Turkiya chegarasidagi vaziyatni barqarorlashtirishga xizmat qiladi”,-deya ilova qilinadi bayonotda.

 

 



Aloqador xabarlar