AQSh Afg‘onistondagi harbiylari sonini kamaytirmoqda

AQSh Afg‘onistondagi harbiylari sonini asta-sekin qisqartira boshladi va u yerdan 2 ming harbiyini olib chiqqanligi aytilmoqda.

1292269
AQSh Afg‘onistondagi harbiylari sonini kamaytirmoqda

 

 

AQSh Afg‘onistondagi harbiylari sonini asta-sekin qisqartira boshladi va u yerdan 2 ming harbiyini olib chiqqanligi aytilmoqda.

Bu haqda AQSh va NATOning Afg‘onistondagi qo‘shinlari qo‘mondoni general-leytenant Ostin Skott Miller ma’lum qildi.

Uning tasdiqlashicha, Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar soni 12 minggacha qisqargan.

AQSh mudofaa vaziri Mark Esper bilan birga Kobulda matbuot anjumani o’tkazgan general-leytenant Miller: “Bu barcha tomonidan bilinmasligi mumkin, biroq optimallashtirish jarayonining bir parchasi sifatida Afg’onistondagi harbiylarimiz sonini 2 minggacha kamaytirdik”,-dedi.

Ma’lumotga ko’ra, o’tgan yili Afg’onistonda Amerika harbiylari soni 15 mingni tashkil qilardi.

Ta'kidlanishicha, harbiylar asosan Kobuldagi qarorgohdan olib chiqilgan.

Pentagon rahbarining ta'kidlashicha, AQSh qo‘shinlari sonining qisqarishi Afg‘onistondagi terror guruhlariga qarshi kurashga putur yetkazmaydi.

 

 



Aloqador xabarlar