AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashdi

Ikki yetakchining uchrashuvi bugun 30 iyun kuni Koreya yarimorolidagi demilitarizatsiya qilingan hududida bo’lib o’tdi.

1227445
AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashdi.

Ikki yetakchining uchrashuvi bugun 30 iyun kuni Koreya yarimorolidagi demilitarizatsiya qilingan hududida bo’lib o’tdi.

Ikki davlat rahbari bir-birining qo‘lini siqib ko‘rishgan, shundan so‘ng Kim Chen In Donald Trampni Shimoliy Koreya hududiga taklif etgan. Prezident Tramp uning taklifini qabul qilgan. U demarkatsiya chizig‘idan o‘tib Shimoliy Koreya hududiga qadam bosgan.

Tramp shu bilan Shimoliy Koreya hududiga qadam bosgan AQSh tarixidagi ilk prezidentga aylandi.

Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Trampning ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni yana-da rivojlantirish uchun ushbu tashrifni amalga oshirganligini ma’lum qilib, Trampning demarkatsiya chizig‘idan o‘tishini “noxush o’tmishni ortda qoldiradigan jasur va qat’iy tashabbus” deb baholadi.

Donald Tramp ham chegaraning Shimoliy Koreya tomoniga qadam bosgan birinchi AQSh prezidenti bo’lishdan bahtiyor ekanligini tilga olib, Kim Chen In bilan bo’lgan do’stligi haqida maqtovlar bilan bahs etdi.

U chegaradan ramziy ravishda o‘tishi “o‘zi uchun sharaf” ekanini ta’kidladi.

Ikki yetakchi shu bilan uchinchi marta oliy darajadagi muzokaralarni o‘tkazmoqda. Ularning ilk uchrashuvi 2018 yil iyunida Singapurdagi Amerika-Koreya sammiti doirasida kechgan edi.

2019 yilning fevralida esa, Tramp va Kim Chen In Vetnamning Xanoy shahrida uchrashgan edi.

Ikki uchrashuv ham Shimoliy Koreyani yadro qurolidan xoli qilish masalasiga bag‘ishlangan edi. Biroq, bu uchrashuvlar o’z samarasini bermagan edi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar