Eron bilan Rossiya o'rtasida 12 ta kelishuv memorandumi imzolandi
Isfaxon shahridagi 15-Iqtisodiy va savdo hamkorligi bo’yicha qo’shma komissiya yig’ilishida Rossiya energiya vaziri Aleksandr Novak bilan Eron energiya vaziri Riza Erdekaniyan ishtirok etdi.
Eron bilan Rossiya hukumatlari o’rtasida energetika, salomatlik, dengizchilik, turizm va boshqa sohalarga doir 12 ta kelishuv memorandumi imzolandi.
Eron davlat matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Isfaxon shahridagi 15-Iqtisodiy va savdo hamkorligi bo’yicha qo’shma komissiya yig’ilishida Rossiya energiya vaziri Aleksandr Novak bilan Eron energiya vaziri Riza Erdekaniyan ishtirok etdi.
Eron energiya vaziri Riza Erdekaniyan yig’ilishdan so’ng matbuotga bergan intervyusida, ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar asosida muhim kelishuvlarga imzo qo’yilganligini va bular mintaqaga ijobiy ta’sir ko’rsatishini ma’lum qildi.
Vazirning ta’kidlashicha, Bushehrdagi atom elektr stansiyaning 2- va 3-bosqichlarini faoliyatga tushirish, Hurmuzganda 1400 megavat hajmli 4 ta termik stansiyaning qurilishi, Ahvazda “Ramin” elektr stansiyasini optimallashtirish, elektr energiyasi, temir yo’li, salomatlik, dengizchilik, turizm, texnologiya va boshqa sohalar bo’yicha Rossiya bilan Eron o’rtasida 12 ta o’zaro kelishuv memorandumi imzolandi.
Aloqador xabarlar
Griffiths: Gʻazoda tinch aholi oʻldirilmoqda, ochlikka tashlab qoʻyilmoqda
Martin Griffits, oʻzining X ijtimoiy tarmoq hisobi orqali ma’lumot boʻlishdi.