Kobulda, juma namozi chog’ida, jome’ masjidlaridan birida bombali hujum uyushtirildi

Afg'oniston poytaxti Kobuldagi jome’ masjidlaridan birida juma namozi chog’ida uyushtirilgan bombali hujum oqibatida 3 kishi jon berdi, jon berganlardan tashqari 32 kishi tan jarohati oldi.

1207954

Kobuldagi Milliy politsiya idorasi Matbuot xizmati kotibi Ferdevs Faramarz, Kobulning Sarak Nev mintaqasidagi al-Takva nomidagi jome’ masjidining mehrobiga oldindan joylashtirilgan bombaning, juma namozi chog’ida portlatilganligini qayd etdi.

Hujumda jome’ masjidi imomi va din olimi Mavlaviy Samiulloh Reyhanning vafot etganligini ifoda etgan Faramarz, din olimi Reyhan ishtirok etgan telekanal dasturlarida, “terror hujumlariga qarshi ekanligini” aytganligi uchun nishonga olingan bo’lishi mumkinligini aytdi.

Sog’likni saqlash vazirligi Matbuot xizmati kotibi Vahidullah Mayar esa, hujumda din olimi Reyhandan tashqari yana 2 kishining jon berganligini va 32 kishining tan jarohati olganligini qayd etdi.

Tan jarohati olganlarning ba’zilarining ahvolining og’ir ekanligi ma’lum bo’ldi.

Hujumni hali-hanuz hech kim o’z zimmasiga olgani yo’q.

Aloqador xabarlar