Londonda Suriya qamoqxonalaridagi ayol va bolalarni ozod qilish talabi bilan namoyish o'tkazildi

Hozirda Suriya qamoqxonalarida 13500 dan ortiq ayollar og’ir sharoitlarda ushlab turilmoqda.

1160137
Londonda Suriya qamoqxonalaridagi ayol va bolalarni ozod qilish talabi bilan namoyish o'tkazildi

 

"Xalqaro Vijdon Harakati" nomli guruh 8 mart xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Suriyada Bashshar Asad rejimiga oid qamoqxonalarda yotgan ayollar va bolalarni darhol ozod qilish talabi bilan Londonda namoyish o’tkazdi.

Bosh vazirlik binosi oldida o’tkazilgan namoyishda "Insoniyatning vijdoni bo'ling!", "Ayollar va bolalar ozodlikka chiqqunga qadar…" degan yozuvlarni uchratish mumkin.

Guruh nomidan ma’ruza qilgan Turkan Akbash Suriyadagi urush jarayonida juda ko'plab qonunbuzarliklarga yo’l qo’yilganligini ma’lum qildi.

"Suriya hukumati va uni qo'llab-quvvatlagan davlatlardan talabimiz shuki; ayollardan va bolalardan o'z maqsadingiz yo'lida foydalanishni bas qiling! Ayollarga nisbatan qiynoqlarni to'xtating! Suriyadagi qardoshlarimizni qo'yib yuboring! Ularning uylariga qaytishiga ruxsat bering!",- dedi guruh a’zosi Turkan Akbash.

Namoyishga qatnashgan ingliz muxbir Yvonne Ridley ham Suriya qamoqxonalarida saraton kasalligiga chalingan juda ko'p ayollar borligini, bu kasal ayollarga og'riqni ozaytiruvchi oddiy dorilarning berilishiga ham ruxsat berilmayotganligini ta’kidladi.

Uning ta’kidlashicha, saraton kasalligiga chalingan Bashshar Asadning rafiqasi Esma Asadning o'zi ham ayollarga yordam ko'rsatishi zarur.

Eslatish joizki, hozirda Suriya qamoqxonalarida 13500 dan ortiq ayol og’ir sharoitlarda ushlab turilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #London , #qamoqxona , #ayollar

Aloqador xabarlar