Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi kelgusi yilning boshlarida uchrashishni rejalashtirdi

Uchrashuvda Koreya yarim orolini atom qurollardan tozalash masalasi muhokama qilinadi.

1088597
Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi kelgusi yilning boshlarida uchrashishni rejalashtirdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen-In kelgusi yilning boshlarida ikkinchi marta yuzma-yuz uchrashuv amalga oshiradi.

Uchrashuvda Koreya yarim orolini atom qurollardan tozalash masalasi muhokama qilinadi.

Bu haqda AQSh prezidenti o’rinbosari Mayk Pens Singapurda ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Tramp va Kim Chen-In 2019 yilning boshlarida uchrashadi. Ular o’tmishdagi Amerika hukumatining xatolarini qayta takrorlamaslikka harakat qilmoqda.

Shuningdek, yadroviy qurollar bo’yicha tafsilotlar hujjatlashtirilishi rejalanganligini va ungacha Shimoliy Koreyaga minimum bosim davom etishini bildirdi.

Eslatish joizki, Donald Tramp bilan Shimoliy Koreya yetakchisi mintaqada taranglik avj olgan bir davrda ilk marta 12 iyunda Singapurda uchrashib, Shimoliy Koreyaning yadroviy qurollardan tozalash bo’yicha kelishib olgan edi.

Ohirgi paytlarda AQSh va Shimoliy Koreya o’rtasida davom etgan muzokaralarda tarangliklar davom etmoqda.

Pyonyang hukumati AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan Shimoliy Koreyalik oliy martabali vakillar o’rtasida o’tgan hafta rejalashtirilgan uchrashuvni bekor qildi.

Shu bilan birga, Shimoliy Koreya AQSh hukumati mamlakatga nisbatan sanksiyalarni to’xtatmagan taqdirda, yadroviy qurollarini yanada kuchaytirishi haqida ogohlantirdi.



Aloqador xabarlar