Koliforniyada o’rmon yong’inlari tufayli 3000 aholi evakuatsiya qilindi

Koliforniya meri Jerry Brovn hududda favqulodda vaziyat e’lon qildi.

999806
Koliforniyada o’rmon yong’inlari tufayli 3000 aholi evakuatsiya qilindi

AQShning Koliforniya shtatida ro’y bergan o’rmon yong’inlari tufayli 3 ming aholi evakuatsiya qilindi.

Koliforniya o’rmon yong’inlariga qarshi kurash boshqarmasi ma’lum qilishicha, kuchli shamol ta’sirida taxminan 31 km kvadratlik maydonga tarqalgan yong’inni butkul so’ndirib bo’lmadi. Shu sababli, hududda yashagan 3 ming aholini shoshilinch ravishda evakuatsiya qilishga majbur bo’lingan.

Yong’inda aholi jarohat olmagan, biroq kamida 22 ta uy va binolar moddiy zarar ko’rgan.

Koliforniya meri Jerry Brovn hududda favqulodda vaziyat e’lon qildi.

Uning ta’kidlashicha, yong’inni o’chirish faoliyatlariga qo’chimcha pul ajratiladi.

Lake County va uning atrofida 230dan ziyod o’t o’chiruvchi vertolyotlar, buldozerlar va ish mashinalari ish olib bormoqda. Baland tepaliklarda esa faoliyatlar qiyinlashmoqda.

Eslatma: Koliforniyada 2015 yilda sodir bo’lgan o’rmon yong’inlarida 4 kishi halok bo’lgan edi, taxminan 2 ming binoga ziyon yetgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Koliforniya , #o'rmon yong'ini

Aloqador xabarlar