Shimoliy Koreyadagi yadroviy qurolni sinab ko'rish muassasasi may oyida yopiladi

Shimoliy Koreya hukumati Pxungeridagi yadroviy poligonini may oyida yopadi, uning demontaj qilinish jarayoni oshkora ravishda o'tkaziladi.

960767
Shimoliy Koreyadagi yadroviy qurolni sinab ko'rish muassasasi may oyida yopiladi

Shimoliy Koreya hukumati Pxungeridagi yadroviy poligonini may oyida yopadi, uning demontaj qilinish jarayoni oshkora ravishda o'tkaziladi.

Ta’kidlanishicha, Kim Chen In poligonning yopilishini kuzatish uchun xalqaro mutaxassislarni taklif qilishga va’da bergan.

Ma’lumki, 27 aprel kuni Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan uchrashdi.

Ikki davlat yetakchisi o'zaro qarama-qarshilikni tugatish bo'yicha deklaratsiyani imzolashgan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In janubiy koreyalik hamkasbi Mun Chje In bilan uchrashuvda AQSh bilan urush rasman yakunlansa, unda yadroviy qurolga ega bo'lishga hojat bo'lmasligini aytgan.

“Agar, bizning AQSh bilan uchrashuvlarimiz tez-tez bo'lib tursa va kelgusida ishonch hosil bo'lsa hamda daxlsizlik va urush yakunlangani haqidagi kelishuvga erishilsa, yadroviy qurolga ega bo'lish va qiyin sharoitlarda yashashning nima keragi bor?”,-deb aytgan Kim Chen In.

Bundan tashqari, Kim Chen In kelajakda Koreya yarim orolida qon to'kilishi takrorlanishiga yo'l qo'ymaslikka chaqirgan va kuch ishlatmaslikka va’da bergan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 27 aprelda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan o'tgan sammitda ikki davlatdagi vaqtni yagona standartga keltirish istagini bildirdi.

Hozirda Shimoliy Koreyadagi vaqt Janubiy Koreyadagidan 1 soat orqada.

“Men uchun Tinchlik uyi devorida biri Seul vaqti, ikkinchisi esa Pxenyan vaqti uchun osilib turgan ikkita soatni ko'rish juda achinarli holat. Biz vaqt standartlarini o'zgartirganimiz uchun endi boshlang'ich vaqtga qaytamiz”,-deb aytgan Kim Chen In.

 

 



Aloqador xabarlar