Yevrosiyo kun tartibi - 13 (2024)

Yevrosiyo kun tartibi dasturining bugungi sonida Janubiy Kavkazdagi muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.

2121468
Yevrosiyo kun tartibi - 13 (2024)

Oxirgi haftalarda Janubiy Kavkazda muhim voqealar yuz berdi.

Shu doirada 2024 - yilning 11 - marti kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga bordi. Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev poytaxt Bokuda rasmiy marosim bilan kutib olindi. Ikki davlat prezidentlari ishtirokida Ozarbayjon - Qozog‘iston Oliy hukumatlararo kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat oʻrtasida 9 ta shartnoma imzolandi. Shu kuni Prezident To‘qayev, Ozarbayjon Milliy majlisiga tashrif buyurib, majlis raisi Sahiba Gafarova bilan uchrashdi. 12 - mart kuni esa Ozarbayjon va Qozog‘iston prezidentlari Fuzuli shahriga borib, Qozog‘iston tomonidan qurilgan «Qurmang‘ozi» nomidagi bolalar ijodiyoti markazini ochib berdilar. Shundan so‘ng prezidentlar Shusha shahriga borib, u yerda olib borilgan faoliyatlarni ko‘zdan kechirdilar.

2024 - yilning 14 - 16 marti kunlari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirokida XI - Global Boku forumi boʻlib oʻtdi. Unda, dunyoning 68 davlati nomidan 400 nafardan ortiq vakil ishtirok etdi. Forum doirasida Prezident Aliyev Albaniya Prezidenti Bayram Begay, Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti Bosh kotibi Tedros Adhanom Gebreyesus va Turk Davlatlari Tashkiloti oqsoqoli Binali Yildirim bilan alohida –alohida ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi.

2024 - yilning 15 - marti kuni Bokuda Ozarbayjon – Gruziya - Turkiya Tashqi Ishlar vazirlari o‘rtasida to‘qqizinchi uch tomonli uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda, yuqorida nomi tilga olingan uch davlatga tegishli masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Boku deklaratsiyasi imzolandi.

Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobahidze 16 - mart kuni rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga bordi. Bosh vazir Kobahidze Bokuda Prezident Ilhom Aliyev va Bosh vazir Ali Asadov bilan uchrashdi. Eslatib o‘tamiz, Irakliy Kobahidze 2024 - yilning 8 – fevrali kuni Gruziya Bosh vaziri etib saylangan edi.

2024 - yilning 17 - marti kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev NATO Bosh kotibi Yens Stoltonbergni qabul qildi. Qabul chog‘ida energiya, Janubiy Kavkazning xavfsizligi va mintaqaviy tinchlik masalalari muhokama qilindi. 18 - mart kuni NATO Bosh kotibi Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan uchrashdi.

2024 - yilning 22 - marti kuni Ozarbayjon Milliy majlisi raisi Sahiba Gafarova amaliy tashrif bilan Shveytsariyada bo‘lib qaytdi. Gafarova mazkur tashrifi chog‘ida Jenevada uyushtirilgan Parlamentlararo ittifoqning 148 – assambleyasi, Qo‘shilmaslik harakati parlament tarmog‘ining uchunchi konferensiyasi va Osiyo davlatlari parlamentlararo assambleyasining muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishida ishtirok etdi.  

*** 

Janubiy Kavkazni qiziqtirgan barcha muzokaralarda Ozarbayjon - Armaniston tinchlik kelishuvi masalasi kun tartibidagi eng muhim masala sifatida qaralmoqda. Oxirgi marotaba 2024 - yilning 22 - marti kuni Ozarbayjon va Armaniston parlamentlari raislari Jenevada uchrashuv o‘tkazdilar.

Voqealardan ko‘rinib turganidek Boku mintaqaviy va global siyosatni kun tartibiga olib chiquvchi muhim markazlardan biriga aylana boshladi. Kuz mavsumida Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konferensiyasining 29 – qurultoyi (COP29) buning yorqin dalilidir. Ozarbayjon - Armaniston chegarasining belgilab olinishi va ikki davlat oʻrtasida tinchlik shartnomasining imzolanishi nafaqat Janubiy Kavkaz, balki butun Yevrosiyo qit’asining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.



Aloqador xabarlar