Men o'z tilimdan to'g'ri va samarali foydalanaman, chunki...

Chunki-13

2120006
Men o'z tilimdan to'g'ri va samarali foydalanaman, chunki...

 

Bugungi dasturimizda kundalik muloqotdan tortib murakkab muammolarni hal qilishgacha bo'lgan ko'plab sohalarda muhim ahamiyatga ega bo'lgan mavzu haqida gaplashamiz. Unday bo’lsa, “Men o'z tilimdan to'g'ri va samarali foydalanaman” degan holda dasturimizni boshlaymiz.

Til va tafakkur o'rtasidagi murakkab o'zaro ta'sir madaniy va individual omillar bilan shakllanadi. “Til faqat his-tuyg'u va fikrlarni yetkazish vositasi” degan qarashlar asta-sekin “til fikrni shakllantiradi” degan nazariya bilan almashtirildi. Ushbu murakkab mavzuga kirmay turib, Lyudvig Vitgenshteynning “tilimning chegarasi – dunyomning chegarasi” degan so‘zlarini eslashning o‘zi til dunyodagi o’rnimizni belgilab beradigan vosita ekanini ko’rsatadi.

Tildan to'g'ri foydalanish samarali muloqot qilish qobiliyatimizni oshiradi. Ishda, maktabda va hatto oilaviy hayotimizda sodir bo'ladigan baxtsiz hodisalar ko'pincha tilni noto'g'ri ishlatishdan kelib chiqadi. Bu holat juda ko'p salbiy holatga, ayniqsa muvaffaqiyatsizlik va baxtsizlikka olib keladi. Ona tilimizning nozik jihatlari va lug‘at boyligi o‘zimizni ifodalash uchun ham, o‘zgani to‘g‘ri tushunish uchun ham bilishimiz kerak bo‘lgan asosiy elementlardir.

Ona tilimizni yaxshi bilish o‘z madaniyatimizni anglash va ifodalash qobiliyatini oshiradi. Bu bizga madaniy kontekstga boy hayot kechirishimizga yordam beradi. Bundan tashqari, yaxshi til poydevori chet tilini o'rganish jarayonini osonlashtiradi. Grammatika qoidalari va lug'atni tushunish yangi tilni o'rganishda afzallik hisoblanadi. Shunday qilib, shaxslar dunyoni turli tillar orqali, ya'ni kengroq nuqtai nazardan bilish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Ona tilini yaxshi bilish fikrlash va ijodkorlik qobiliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tilning murakkab tuzilishini o‘ziga xos tarzda o‘zlashtirib, uni to‘g‘ri qo‘llagan kishilar kasbi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, kundalik hayotda ham, kasbiy sohada ham muvaffaqiyatga erishadi. Bundan tashqari, til ko'nikmalari ham ruhiy salomatlikka ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Tildan to’g’ri foydalanish fikrlash jarayonlarini tartibga solganligi sababli, o'z tilidan samarali foydalanadigan odamlar o'zlarini Altsgeymer kabi kasalliklardan himoya qilishda afzalliklarga ega ekanligi tadqiqot natijalari bilan tasdiqlangan..

Hurmatli tinglovchilar, so‘zimiz so‘ngida shuni eslatib o‘tamizki, bu ko‘nikmaga ega bo‘lish uchun maktabda olgan ta’limdan tashqari, kitob, gazeta, jurnal o‘qish, teatrga borish va lug'atlardan foydalanish zarur. “O'z tilimni to'g'ri ishlataman, chunki men o'z dunyomning chegaralarini kengaytirmoqchiman” degan holda sizlar bilan hayirlashamiz. Kelgusi hafta ayni dastur turkumida takror uchrashguncha hayr salomat bo’ling.

 

 

 

  

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #til o'rganish

Aloqador xabarlar