Takror prezident bo‘lib saylangan Aliyev ilk rasmiy tashrifini Turkiyaga uyushtirdi

Dasturimizning bugungi sonida, oxirgi bir hafta ichida Turk Respublikalarida yuz bergan voqealar haqida so‘z qilamiz (Yevrosiyo kun tartibi - 9)

2109051
Takror prezident bo‘lib saylangan Aliyev ilk rasmiy tashrifini Turkiyaga uyushtirdi

O‘tgan haftada Turk Respublikalarining g‘arbiy qismi o‘rtasida bir necha rasmiy tashriflar uyushtirildi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev takror prezidentlik lavozimiga saylanishi ortidan 2024 - yilning 19 – fevrali kuni ilk rasmiy tashrifini Turkiyaga uyushtirdi. Anqarada tantanali marosim bilan kutib olingan Prezident Ilhom Aliyev, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan o‘zaro va hay’atlararo uchrashuvlar o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv ortidan ikki davlat o‘rtasida uchta shartnoma imzolandi. Ular orasida Turkiya - Ozarbayjon universitetini tashkil etish haqidagi kelishuv ham bor edi. Bu yil Boku shahrida faoliyat yurituvchi universitet, turk va ingliz tillarida ta’lim beradi.

Prezident Ilhom Aliyev poytaxt Anqarada bergan bayonotida, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatarning bu yil Ozarbayjonning Shusha shahrida bo‘lib o‘tadigan Turk Davlatlari Tashkiloti sammitida ishtirok etishini ma’lum qildi. Ilgari Shimoliy Kipr Turk Respublikasini faqatgina Turkiya qo‘llab – quvvatlasa, endilikda boshqa Turk Respublikalari ham Lefkosha tarafdorlari qatoridan o‘rin olmoqda.

TURKSOY 2024 – yilning 20 – fevrali kuni Rauf Denktoshni, tavalludining 100 – yilligida xurmat ila yodga oldi. Unda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar, Turkiya vitse - prezidenti Jevdet Yilmaz va boshqa rasmiylar ishtirok etdilar. Yig‘ilishda Shimoliy Kipr Turk Respublikasining asoschisi Rauf Denktoshning san’atkorlik, yozuvchilik va shoirlik kabi turli jihatlari ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri Unal Ustel 2024 - yilning 20 - fevrali kuni Yangi Ozarbayjon partiyasining taklifiga binoan Ozarbayjonga tashrif uyushtirdi. Bosh vazir Ustel poytaxt Bokuda Yangi Ozarbayjon partiyasi raisi o‘rinbosari Tohir Budagov bilan uchrashdi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush 2024 - yilning 22 - fevrali kuni Bokuga tashrif uyushtirib, unda, Osiyo Parlament assambleyasining 14 - yalpi majlisida ishtirok etdi. Majlisda, Osiyo Parlament assambleyasining raisligi Turkiyadan Ozarbayjonga o‘tkazib berildi. Tashrif doirasida Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Kurtulmush, Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov va Ozarbayjon Milliy majlisi raisi Sohiba Gafarova bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

*** 

2024 - yilning 21 - fevrali kuni Qozon shahrida «Kelajak o‘yinlari» birinchi xalqaro multisport musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Rossiya, Serbiya va Tojikiston prezidentlari ishtirok etdilar. «Kelajak o‘yinlari»da dunyoning 107 ta davlatidan 2 ming nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda. Rossiya Federatsiyasi Davlat rahbari Vladimir Putin va Tatariston raisi Rustam Minnixanov, kelgan mehmon prezidentlar bilan Qozon shahrida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Tatariston raisi Rustam Minnixanov Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.  Sanktsiyalarga duchor bo‘lgan Rossiya jihatidan bunday tadbirlar, Rossiyaning yolg‘iz emasligini namoyish etish jihatidan alohida ahamiyat kasb etadi. «Kelajak o‘yinlari» 2024 – yilning 3 - martiga qadar davom etadi.

 



Aloqador xabarlar