Yevrosiyo kun tartibi - 18 (2024)

Dasturimizning bugungi sonida, Turk Respublikalari kun tartibidagi oxirgi vaziyatlar haqida so‘z qilamiz.

2134572
Yevrosiyo kun tartibi - 18 (2024)

2024 - yilning 22 - 25 apreli kunlari Turk Davlatlari Tashkiloti tomonidan Shvetsariyaning Jeneva shahrida Turk haftaligi uyushtirildi. Xalqaro turk tashkilotlari shu fursatdan foydalanib turli tadbirlar o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldilar.

2024 - yilning 22 - 27 apreli kunlari Buyuk Britaniya Tashqi Ishlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo davlatlariga rasmiy tashrif uyushtirdi. Shu doirada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Mo‘g‘ulistonda bo‘lgan Kemeron unda nomi tilga olingan davlatlarning prezidentlari, tashqi ishlar vazirlari bilan alohida – alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar, ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikning yangi bosqichga koʻtarilishi, Markaziy Osiyodan Britaniyaga ishchilar yuborish, mintaqaviy xavfsizlik kabi masalalar kun tartibiga olib chiqildi. Tashrif doirasida Qozog‘iston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasida Strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Devid Kemeron Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga rasmiy tashrif uyushtirgan Britaniyaning birinchi tashqi ishlar vaziri sifatida qayd etildi.

2024 - yilning 23 - apreli kuni Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Shakiyev rasmiy tashrif bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘lib qaytdi. Nurlanbek Shakiyev poytaxt Ulanbatorda Mo‘g‘uliston Prezidenti, Bosh vaziri va parlament spikeri bilan alohida – alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Tashrif doirasida, “Qirg‘iz xalqining Chingizxon va uning vorislari bilan bo‘lgan tarixiy aloqalari” deb nomlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston parlamenti spikeri, Xalqaro Trans - Oltoy barqarorlik dialogida ishtirok etdi.

2024 - yilning 23 - aprel kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Fransiya – Markaziy Osiyo do‘stlik guruhi raisi, senator Erve Moro boshchiligidagi Fransiya hay’atini qabul qildi. Mazkur qabul chog‘ida Qirg‘iziston – Fransiya, Fransiya - Markaziy Osiyo munosabatlari yuzasidan fikr almashildi.

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 2024 - yilning 24 – 25 apreli kunlari rasmiy tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ldi. Prezident Japarov poytaxt Bokuda rasmiy marosim bilan kutib olindi. Prezidentlar raisligida Ozarbayjon - Qirg‘iziston Davlatlararo Oliy kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilish yakunida ikki davlat oʻrtasida 18 ta shartnoma imzolandi. Prezidentlar yig‘ilish ortidan matbuot anjumani uyushtirdilar. Aliyev bilan Japarov ishtirokida Ching‘iz Aytmatov haykalining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Prezidentlar 25 - aprel kuni  Armaniston ishg‘olidan ozod qilingan Ag‘dam viloyatining Xidirli qishlog‘ida Qirg‘iziston tomonidan quriladigan maktabning poydevorini qo‘yib berdilar.

2024 - yilning 25 - apreli kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart Toqayev Xitoy Xalq Respublikasi Mudofaa vaziri Dong Junni qabul qildi. Poytaxt Ostonada Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo va kuzatuvchi davlatlarning mudofaa vazirlarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

***

Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov 2024 - yilning 25 - apreli kuni rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilingan Bosh vazir Bektenov, vitse - prezident Jevdet Yilmaz bilan birgalikda Turkiya - Qozog‘iston hukumatlararo o‘n uchinchi qo‘shma iqtisodiy komissiya yig‘ilishiga raislik qildi. Tashrif doirasida Turkiya - Qozog‘iston biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Voqealardan ham ko‘rinib turganidek, o‘tgan haftada Turk Respublikalarida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Devid Kemeronning Markaziy Osiyoda joylashgan 6 davlatni o‘z ichiga olgan diplomatik tashrifi, Britaniyaning bundan buyon Markaziy Osiyoda yanada samarali siyosat olib borishi mumkinligidan dalolat bermoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mo‘g‘ulistonning Markaziy Osiyoning beshta davlati bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilishi esa muhimdir.



Aloqador xabarlar