Kichik mavzu, “sun’iy intellekt” haqida

Sun’iy intellektning so‘nggi mahsulotlaridan biri bo‘lgan rasm solish dasturlari yordamida, ko‘p vaqt talab qiladigan ishlar qisqa muddatda tamomlanmoqda.

1948681
Kichik mavzu, “sun’iy intellekt” haqida

Rassomlik, musiqachilik, yozuvchilik... Ularning har biri o‘ziga xos iste’dodni talab qiladi.  Bugungi kunda hamma narsa raqamlashtirilar ekan, iste’dodlar ham shu yo‘lda shaxdam qadam tashlamoqda. Ulardan biri, sun’iy intellekt texnologiyasida foydalanilgan rassom kodlardir.

Texnologiya o‘zining jadal rivojlanishini davom ettirar ekan, bizlarni hayratda qoldiradigan ko‘plab yangiliklarni ham o‘zi bilan birga olib kelmoqda. Shulardan biri sun’iy intellekt. Bu haqida ko‘p gapirilmoqda ammo uning qanday foydasi borligi haqidagi ma’lumotlar esa judayam kam. Sun’iy intellektning so‘nggi mahsulotlaridan biri, rasm solish xususiyati haqidagi ma’lumotlar esa, undan ham kam.  

Asosiy ishi kompyuterlar uchun grafik kartalar ishlab chiqarish bo‘lgan Nvidia shirkati, ma’lum ma’noda sun’iy intellekt sohasida faoliyatlar olib bormoqda. Ularning so‘nggi mahsulotlaridan biri Kenves ilovasidir.

Kenves deb nomlangan ushbu ilova, o‘z ichiga kerakli materiallarni jamlab olgan. Foydalanuvchi panelidan tog‘, suv, o‘t, bulut kabi istalgan variantni tanlashingiz mumkin. Ular orqali bosh sahifangizni boyaysiz. Sun’iy intellekt siz uchun rasm chizib beradi. Siz uni boyagan sari sun’iy intellekt siz qilayotgan ishga munosib rasmlarni tartibga soladi. Kenves mavjud xususiyatlari bilan sizni faqatgina orzu qilishga undaydı. Qolgan hamma narsani o‘zi hal qiladi.

Siz ayting, sun’iy intellekt rasm chizsin

Shunga o‘xshash boshqa faoliyatlar ham bor. DALL-E deb nomlangan boshqa tizimda esa siz dizayn qilgan sahna qalamga olinar ekan, davomini sun’iy intellekt tamomlaydi. U, siz qalamga olgan matnni turli shaklda rasmlaydi. Natija ham haqiqatdan ham muvaffaqiyatli.                                 

“Iste’dodli kodlar” kelajak rassomlarimi?

Ushbu dasturlar yangi avlod texnologiyasining qay nuqtaga kelganidan xabar beradi. U jadal ravishda rivojlanar ekan, ba’zi unsurlarni bartaraf ham etmoqda. Tez rivojlanayotgan sun’iy intellekt qulayliklarni ham o‘zi bilan birga olib kelmoqda. Rasm chiza olish uchun qobiliyat yoki mashqqa hech qanday ehtiyojni talab qilmagan ilovalar bunga misol bo‘la oladi. Eng muhimi, vaqt olgan ishlarni qisqa muddatda tamomlay olish jihatidan, qobiliyat o‘rnini kodlarmi egallamoqda degan savolni tug‘dirmoqda.



Aloqador xabarlar