Turkiyada turizm 23- qism

Riza, Turkiyada sharqiy Qora dengiz sohilida joylashgan  muhim bir shahardi. Eng muhim xususiyati yom-yashil tabiati.

1211840
Turkiyada turizm  23- qism

Riza, Turkiyada sharqiy Qora dengiz sohilida joylashgan  muhim bir shahardi. Eng muhim xususiyati yom-yashil tabiati.

Riza; Turkiyada, noyob go’zallikdagi yaylovlari,  ko’plab daraxt va o’simlik turi bo’lgan o’rmonlari, daryolari, vodiylari, tog’lari,  muzlik ko’llari bilan mashhur. Shahar faqatgina tabiat boyligi bilan emas,  ayni paytda madaniy va tarixiy mavjudiyatga ham ega.

Riza : shimoli Anado’lida Qora dengiz  va  Kachkar tog'lari  orasida tik bir yerda  joylashgan. Mintaqaning tabiiy o’simlik  turi, sohilida  namlik va yog'ingarchilikning ko’p bo’lishi sabali keng bargli o’rmonlardan tashkil tomoqda. Turkiya o’rmonlarining 25%ni tashkil etmoqda. Ega bo’lgan o’rmonlar jihatidan Turkiya eng boy hududi hisoblanadi.

 Riza Ayder, Anzeri O’vit, Pokut, Sal, Gito, Elvit va guli  yaylovlari bilan mashhur. Ushbu yoylarning ayrimlarida chorvachilik va qishloq xo’jalik faoliyatlari bugun kunda ham davom etib ko’pchiligi  turizmga ochilgan vaziyatdadir... Kachkar tog’larida tarqalgan yaylovlar, sevimli yoylov uylari bilan, o’nlab o’simlik va daraxt turlari bilan sizni kutib  turmoqda. Yoylovlarning ko’pchiligida uylar pansionatga  aylantirilgan . Mintaqa, alpinist va yurish sportlari uchun juda ko’p imkoniyat taqdim etmoqda kelgan  mehmonlariga, mos  mavsumda,  ayniqsa  bahorda  yoki yoz mavsumida borsangiz o’nlab tur gulning qir adirga  yoygan hidini his etishingiz mumkin.

Riza yoylari, boy  flora va fauna tuzilishi bilan, katta va kichik  ko’plab  muzlik  ko'li bilan  ko’rishga baho joylardan biri hisoblanadi. Ularning har biri o'z muxlislariga turli xil imkoniyatlar taqdim etadi. Masalan, Ayder yaylovidagi  termal va shifobaxsh  suvlari shifoga sabab bo’lmoqda.

Ayder yaylovi , boshqa yaylovlardan farqli ravishda tog'li uylaridan farqli bo’li, mehmonxonada tunashni afzal ko’rganlar uchun ham imkoniyatlari mavjud.

2100 metr balandlikdagi Anzer yaylovi shifo manbai Anzer asali dunyoga mashhur. Inson salomatligiga  ko'p foydali bo’lgan  Anzer asali, yoylarning ming turli gulning go’yo o’zi hisoblanadi. Yoz oylarida yashilning farqli  ranglari odam bolasini o’ziga  jalb qiladi,

Qish  oylarida esa sariq va qizil ranglarga, bargi to’kilgan daraxtlari bilan,ayniqsa tabiat yurishi va fotosurat uchun juda ham jozibali  bir hududdir.

Ba’zi yaylovlarda yonbag’ir  parashutiga, ba’zilari esa qish turizmiga mos geografik imkoniyati mavjud.

Kachkar tog’lari Qora dengizga qaragan yonbag’irlaridagi kichik daralarning  birlashish bilan tashkil topgan Riza Ardeshen yaqinlarida Qora dengizga qo’yilgan Firtina darasida, tabiiy hayot, barcha go'zalligi  bilan davom etmoqda.

Misol uchun ko’plab yerda yo’q bo’layotgan qizil xolli  baliqlarni  ko’rish mumkin. 57 kilometr uzunlikdagi Bo'ron darasi  rafting  uchun  ham juda mos marshrutlari bordir.

 Rizada o’tmishi 13-14 asrga borgan juda ko’p qal’a bordir.

Himoya, xabarlashuv, kuzatish jihatidan yetarli darajada harbiy kuchga boshpana bo’lish kabi  imkoniyatlari  bilan insho etilgan bu qal’alarning  eng mashhuri  Zil qal’asidir. Ko’rinishi sizni  o’rta asrga olib boradigan qal’a, shahardagi Varo’sh qal’a, Jiha qal’a va qiz qal’asi  kabi mintaqaning, hamda Anado’liga borgan muhim bir o’rta asr karvon yo’lining xavfsizligini ta’min etmoqda edi.

Agar  Rizaga ketsangiz, kislorodga boy platolarga kirmasdan, boy bir kolleksiyaga ega muzeyni ko’rmasdan, o'tmish  asrlardagi ko'priklarni suratga olmasdan, Hamsi nomdagi  baliqli  osh va hamsili nondan tatib ko’rmasdan, mashhur Riza choyidan ichib ko’rmasdan, mintaqaning an'anaviy dastgohlaridan biri bo'lgan feretikodan xarid qilmasdan albatta  qaytib kelmang. Tabiatning insonlarga taqdim etgan go'zalliklaridan zavq olishni istasangiz, Riza sizni do'stona va mehmondo'st bilan xalqi sizni kutmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rize , #Yom- Yashil , #Tabiat

Aloqador xabarlar