Turkiya bilan Ruanda o‘rtasida 4 ta shartnoma imzolandi
Erdo‘g‘an, Prezidentlik kulliyasida bo‘lib o‘tgan o‘zaro va hay’atlararo uyushuv ortidan Ruanda Prezidenti Paul Kagame bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ruanda bilan Kongo Demokratik Respublikasi o‘rtasidagi ziddiyatning tinch yo‘l bilan hal qilinishiga umid bildirib, Turkiya sifatida, har tomonlama yordam berishga tayyor ekanliklarini qayd etdi.
Erdo‘g‘an, Prezidentlik kulliyasida bo‘lib o‘tgan o‘zaro va hay’atlararo uyushuv ortidan Ruanda Prezidenti Paul Kagame bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.
Erdo‘g‘an unda 2013 va 2014 - yillarda o‘zaro elchixonalar ochilganidan keyin Turkiyaning Ruanda bilan bo‘lgan aloqalari jiddiy tus olganini ta’kidladi.
Erdo‘g‘an poytaxt Anqarada Kagame bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda savdo, sarmoya, energetika, ta’lim - tarbiya, madaniyat, mudofaa sanoati va tadqiqot sohalarini rivojlantirish borasidagi hamkorlikni kuchaytirishni ko‘zlagan rejalarni muhokama qilganliklarini bildirdi.
Erdo‘g‘an mavzu haqida shuningdek: «Firmalarimizning o‘z sarmoyalarini kelasi davrda yana – da orttirish orqali Ruandaning taraqqiy topishiga hissa qo‘shish xususida Hurmatli Prezidentimiz bilan kelishib oldik», - dedi.
Kongo Demokratik Respublikasi o‘rtasidagi ziddiyatning tinch yo‘l bilan hal qilinishiga umid bildirgan Erdo‘g‘an: «Angola o‘rtamchiligida olib borilgan to‘g‘ridan - to‘g‘ri muzokaralarni samimiy ravishda qo‘llab – quvvatlaymiz. Bu masalaning hal qilinishi yirik ko‘llar hududiga barqarorlik olib kelib, tinchlik o‘rnatadi. Shunday ekan, ikkala tomon ham qarshi bo‘lmasa biz Turkiya sifatida har qanday yordamni berishga tayyormiz», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Matbuot anjumani oldidan Turkiya bilan Ruanda o‘rtasida 4 ta shartnoma imzolandi.
Erdo‘g‘an, Kagame sharafiga kechki ovqat paytida ziyofat ham berdi.
Prezidentlik kulliyasida uyushtirilgan mazkur ziyofat, matbuotga yopiq tarzda bo‘lib o‘tdi.