PKKning ig‘vogar tusdagi harakati yuzasidan bir askar shahid bo‘ldi

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

2234235
PKKning ig‘vogar tusdagi harakati yuzasidan bir askar shahid bo‘ldi

Iroq shimolida PKK terror tashkiloti a‘zolari tomonidan ig‘vogar tusda o‘q uzildi va oqibatida bir nafar turk askari shahid bo‘ldi.

Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, «Panja – kalit» amaliyoti olib borilgan hududda terror tashkiloti a’zolari tomonidan ig‘vogar tusda o‘q uzilgani va oqibatida turk askarlaridan Ufuk Akinji tan jarohati olgani ma’lum qilindi.  

Og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga olib borilgan Ufuk Akinji, shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay shahid bo‘ldi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Faxrettin Altun, «Panja – kalit» amaliyoti olib borilgan hududda shahid bo‘lgan Ufuk Akinji uchun ta’ziya izhor etdi.

Altun, terror tashkilotlariga qarshi olib borilgan kurash qat’iy qaror bilan davom etishini o‘z so‘ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar