Milliy xavfsizlik deklaratsiyasi eʼlon qilindi
Prezidentlik kulliyasida boʻlib oʻtgan yigʻilish yakunida Milliy xavfsizlik deklaratsiyasi eʼlon qilindi.
Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan yetakchiligida yangi yilning ilk Milliy Xavfsizlik kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Prezidentlik kulliyasida boʻlib oʻtgan yigʻilish yakunida Milliy xavfsizlik deklaratsiyasi eʼlon qilindi.
Unda, Turkiyaning ichki va tashqi xavfsizligiga oid tanqidiy baholar berildi va muhim qarorlar qabul qilindi.
PKK/KJK - PYD/YPG, FETO va DEASh kabi terror tashkilotlariga qarshi kurashda qat’iylik ta’kidlandi.
Suriyani qayta tiklash, Suriya xalqining tinchligi va farovonligi uchun ularga har tomonlama yordam berish rejasi yana bir bor tasdiqlandi.
Gʻazodagi otashkesimning butunlay yoʻlga qoʻyilishi va Falastin masalasini adolatli ravishda hal qilish uchun zarur qadamlar tashlanishi kerakligi ifoda etilgan holda insonparvarlik yordamlarining Gʻazo xalqiga uzluksiz yetkazib berilishi ta’kidlandi.
Isroilning xalqaro huquqni buzgan harakatlari esa mintaqadagi barqarorlikka monelik qilgani bildirildi.
Turkiyaning dunyo boʻylab, ayniqsa Afrika, Yaqin Sharq va Bolqonlardagi ziddiyatlarni tinch yoʻl bilan hal qilish borasidagi sa’y - harakatlarning orttirilishi, global tinchlik va barqarorlikni ta’minlanish ishlari davom etishi ta’kidlandi.
Turkiyaning milliy xavfsizligi koʻzlangan tahdidlarni bartaraf etish borasidagi qat’iyatni saqlab, global tinchlikka yana – da hissa qoʻshilishi qayd etildi.