Hakan Fidan Marko Rubioni tabrikladi

Hakan Fidan bilan Marko Rubio telefon orqali muloqot qildi.

2233677
Hakan Fidan Marko Rubioni tabrikladi

Turkiya bilan AQSh, hamkorliklarini ikki ittifoq mamlakat sifatida oʻzaro hurmat va ishonch asosida olib bormoqchi.

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Marko Rubio telefon orqali muloqot qildi.

Hakan Fidan shu fursatdan foydalanib hamkasbiga yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi.

Turkiya bilan AQShning hamkorliklarini ikki ittifoq mamlakat sifatida oʻzaro hurmat va ishonch asosida olib borishda qarorli ekanliklarini ta’kidlagan Fidan bilan Rubio, mintaqaviy masalalarda hamohang harakat qilishning ahamiyatiga toʻxtaldi.



Aloqador xabarlar