Erdo‘g‘an: G‘azoga uzluksiz insonparvarlik yordami yetkazib berilishi zarur
Erdo‘g‘an kecha Prezidentlik kulliyasida Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiko bilan o‘zaro va hay’atlaro uchrashuv o‘tkazdi va ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida nutq so‘zladi.
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Isroil – Hamas o‘rtasidagi otashkesim kelishuvida o‘rin olgan barcha moddalarning bajarilishi va G‘azoda uzluksiz insonparvarlik yordami yetkazib berilishi zarurligini qayd etdi.
Erdo‘g‘an kecha Prezidentlik kulliyasida Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiko bilan o‘zaro va hay’atlaro uchrashuv o‘tkazdi va ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida nutq so‘zladi.
Prezident unda:
«Xalqaro hamjamiyat, Isroilning oʻz burchini bajarishini ta’minlashi kerak. Biz Turkiya sifatida 1967 - yilgi chegaralar asosida poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan mustaqil, suveren va geografik jihatdan integratsiyalashgan Falastin davlatini shakllantirish jarayonini yaqindan kuzatishni davom etamiz», - dedi.
Prezident Erdoʻgʻan, anjuman ortidan jurnalistlar bergan savollarga javob berdi.
Shu doirada jurnalistlardan birining: «AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp yaqin kunlarda bergan bayonotlarida siz bilan samimiy doʻst ekanini yana bir bor ifoda etdi. Turkiyaning mintaqadagi qudratiga e’tibor qaratdi. Bu doʻstlik yangi davrda Turkiya - Amerika munosabatlarida qanday aks etadi? Siz, Donald Tramp yetakchiligi davrida AQShning PKK/YPG terror tashkilotini qoʻllab – quvvatlashdan voz kechishiga ishonasizmi?» - degan savoliga Prezident Erdoʻgʻan:
«Birinchi davrdagi do‘stligimizning aynan davom etishi biz uchun muhimdir», - deb javob berdi.
Erdo‘g‘an so‘zlari davomida:
«Rossiya - Ukraina urushini tugataman deyishiga qaraganda bu borada Turkiya o‘z zimmasiga tushgan vazifani bajaradi chunki biz dunyodagi hech qaysi urushni qo‘llab – quvvatlamaymiz. Turkiya sifatida tinchlik tarafdorimiz. Tinchlik orqali mamlakatlar o‘rtasidagi birdamlikning davom etishiga ishonchimiz komil. Tinchlik bilan hammasi mumkin ammo urush bilan hech qayerga borib bo‘lmaydi. Shunday ekan, imkon qadar buni hal qilishimiz zarur. Hurmatli Tramp bilan uyushtirilgan muzokaralarda bularni muhokama qilib, har bir qadamimizni shunga qarab tashlaymiz», - degan ifodalarga o‘rin berdi.