Erdo‘g‘an Somali va Efiopiya o‘rtasidagi kelishuvni e’lon qildi
Erdo‘g‘an Somali va Efiopiya o‘rtasidagi “tarixiy yarashuv”ni e’lon qildi.
2219777
Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo’g’an Somali Prezidenti Hasan Shayx Mahmud va Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmedni Anqara vositachiligida Somaliland bo’yicha muzokaralarda “tarixiy murosaga” erishgani munosabati bilan tabrikladi.
Erdo’g’an qo’shma matbuot anjumanida ikki yetakchi o’rtasida kelishmovchilikni hal qilishga qaratilgan bayonotni e’lon qildi. Prezident buni Somali va Efiopiya o‘rtasidagi tinchlik va hamkorlik sari qadam deb baholadi.
Erdo’g’anning ta’kidlashicha, Turkiya Afrikaning mintaqada barqarorlikni qo’llab-quvvatlash maqsadini olqishlaydi.