Numan Kurtulmush Turk-Islom dunyosini adolatli global tizim yaratishga chaqirdi
Ashxobod shahrida buyuk turk shoiri Maxtumquli Firoqiy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan “Zamon va sivilizatsiya o‘rtasidagi munosabat – zamonaviy dunyo va taraqqiyot poydevori” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.
Turkiya Parlamenti raisi Numan Kurtulmush Turk-Islom dunyosini adolatli global tizim qurishga chaqirdi.
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida buyuk turk shoiri Maxtumquli Firoqiy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan “Zamon va sivilizatsiya o‘rtasidagi munosabat – zamonaviy dunyo va taraqqiyot poydevori” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Eron prezidenti Masud Pezeshkyan, Pokiston prezidenti Osif Ali Zardoriy, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Caparov, Armaniston Prezidenti Vahagn Xachaturyan, Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiin Xurelsux, Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustem Minnixanov ishtirok etdi.
Forumda Turkiyadan Turkiya Parlament raisi Numan Kurtulmush ishtirok etdi.
Tadbirda ma'ruza qilgan Numan Kurtulmush qahraton urushdan keyin ikki qutbli dunyoning tugashi bilan Turk-Islom dunyosi uzoq yo’l bosib o’tganini va katta yutuqlarga erishganini ta’kidladi.
"Turkiy tillarning birligi va ularning birodar va doʻst mamlakatlar bilan ittifoqi Firoqiy va boshqa koʻplab turk-islom mintaqalarining ideallari avvalo geografiyamizni, keyin esa dunyomizni oʻzgartirish uchun ajoyib imkoniyatga ega”, - dedi u.
Isroilning G’azodagi qatliomlariga to’xtalib o’tgan Kurtulmush, “Afsuski, 2023-yilning oktabr oyidan beri Isroilni boshqarib kelayotgan va xalqaro qonunlarga e’tibor bermagan jinoiy to’da tomonidan sodir etilgan katta qirg’in butun mintaqani xavf ostiga qo’yib, barcha insonlar, ayniqsa Turk-Islom dunyosi qalbiga katta yaralar solmoqda”,-dedi.
"Bundan buyon, bu ko‘p qutbli dunyo shakllanadigan bu davrda barchamiz, ayniqsa Turk-Islom olami, dasturxon atrofidagi do‘stlarimiz bilan birgalikda yangi global tizim, yangi global institutlar, yangi global tuzumlar, yangi global tamoyillar va sanksiyalar vaqti kelganini va bu yo’nalishdagi faoliyatimizni yanada kuchaytirishimiz kerakligini e’lon qilishi kerak”, -deydi Turkiya parlament rahbari.