Belgradda Erdo’g’an sharafiga tantanali kutib olish marosimi o’tkazildi
Oliy martabali mehmon Belgrad Nikola Tesla xalqaro aeroportida Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich tomonidan kutib olindi.
Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Albaniyaga tashrifini yakunlab, Serbiya poytaxti Belgradga tashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmon Belgrad Nikola Tesla xalqaro aeroportida Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich tomonidan kutib olindi. Erdo’g’an sharafiga Serbiya Prezident saroyida tantanali kutib olish marosimi o’tkazildi.
Marosim ortidan Erdo’g‘an va Vuchichning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yetakchilar kunning ikkinchi yarmida Oliy darajadagi hamkorlik kengashi yig‘ilishiga raislik qiladi.
Tashrif doirasida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviy asoslarini rivojlantirish maqsadida turli bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Turkiya va Serbiya o'rtasidagi o'zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.
Prezident Erdo’g'anning tashrifi munosabati bilan biznes forumi ham o'tkaziladi. Forum doirasida Erdo’g’an Turkiya va Serbiya investorlari bilan uchrashadi.