Turkiya Livandagi fuqarolarini evakuatsiya qilmoqda

Tashqi ishlar vazirligi va Milliy mudofaa vazirligi koordinatsiyasida “TCG Sancaktar” va “TCG Bayraktar” nomli harbiy kemalar, qirg’inchi Isroil hujumlaridan keyin Livanda qolib ketgan turk fuqarolarini vatanga olib keldi.

2197468
Turkiya Livandagi fuqarolarini evakuatsiya qilmoqda

 

Turkiya dengiz orqali eng katta evakuatsiya operatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladi.

Tashqi ishlar vazirligi va Milliy mudofaa vazirligi koordinatsiyasida “TCG Sancaktar” va “TCG Bayraktar” nomli harbiy kemalar, qirg’inchi Isroil hujumlaridan keyin Livanda qolib ketgan turk fuqarolarini vatanga olib keldi.

Ushbu kemalar ayni vaqtda Livanga gumanitar yordam yetkazib berdi.

Ikkita fregat va ikkita patrul kemasi himoyasida poytaxt Bayrutdan Turkiyaga yo'l olgan “TCG Bayraktar” 588 nafar tinch aholini, “TCG Sancaktar” 378 fuqaroni Mersin portiga olib keldi.

Muvaffaqiyatli evakuatsiya qilingan Turkiya fuqarolari, kutish zalida AFAD (Tabiiy ofatlar va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi) xodimlari tomonidan kutib olindi.

Ro‘yxatga olish jarayoni va pasport nazoratidan so‘ng evakuatsiya qilinganlar yashash joylariga olib ketildi. Jarohatlangan yoki tibbiy yordamga muhtoj bo'lganlar Favqulodda Sog'liqni saqlash guruhi tomonidan shifoxonalarga yetkazildi.

Murojaatlarga qarab, Livandan evakuatsiyalar yaqin kunlarda yana amalga oshiriladi.


Tanlangan kalimalar: #Livan , #Turkiya

Aloqador xabarlar