Turkiya, Isroil G'arbiy Sohilda muntazam ravishda xalqaro huquqni buzganini e'lon qildi
Turkiya, G'azoda genotsid sodir etgan va Livanga bostirib kirgan Isroil, bosib olingan G'arbiy Sohilda muntazam ravishda xalqaro huquqni buzganini e'lon qildi.
Turkiya, G'azoda genotsid sodir etgan va Livanga bostirib kirgan Isroil, bosib olingan G'arbiy Sohilda muntazam ravishda xalqaro huquqni buzganini e'lon qildi.
Tashqi ishlar vazirligi, Isroilning ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohildagi Tulkerim shahriga uyushtirgan hujumi haqida yozma bayonot berdi.
Bayonotda, “G’azoda genotsid qilgan va Livanga bostirib kirgan Isroil, ishg’ol qilingan G’arbiy Sohilda muntazam ravishda xalqaro huquqni buzmoqda” deya bildirildi.
Bayonotda, Isroilning Tulkerimga uyushtirgan havo hujumida hayotdan ko'z yumgan Falastinliklarga Allohdan rahmat tiladi.
“Isroil tomonidan Falastin xalqi va uning qonuniy huquqlarini yoʻq qilish uchun qilingan har bir qadam xalqaro tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid soladi”. Deya qayd etildi.
Bayonotda, butun xalqaro tashkilotlar, ayniqsa Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Isroilning xalqaro huquqqa qarshi hujumlarini to'xtatish va Falastin xalqining huquqlarini himoya qilishga chaqirildi.