Turkiya,Bosniya va Gertsegovinada sel va ko'chkida hayotdan ko'z yumganlar uchun hamdardlik bildirdi

Turkiya, Bosniya va Gertsegovinaning Jablanitsa shahrida sodir bo'lgan sel va ko'chkida hayotdan ko'z yumganlarga hamdardlik bildirdi.

2195009
Turkiya,Bosniya va Gertsegovinada sel va ko'chkida hayotdan ko'z yumganlar uchun hamdardlik bildirdi

 

Turkiya, Bosniya va Gertsegovinaning Jablanitsa shahrida sodir bo'lgan sel va ko'chkida hayotdan ko'z yumganlarga hamdardlik bildirdi. Turkiyaning har qanday insonparvarlik yordamini berishga tayyorligini bildirdi. Bosniya va Gertsegovinada sodir bo'lgan sel va ko'chki haqida Tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

Bayonotda, Yablanitsa shahrida kuchli yog'ingarchilik va ko'chkilar sabab insonlarning halok bo'lishidan chuqur qayg'uda ekanligimiz ta'kidlandi.

“Mamlakatimiz doʻst va qardosh Bosniya va Gertsegovinaga har qanday insonparvarlik yordamini koʻrsatishga tayyor.

“Biz mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda ehtiyojlarni aniqlash va yordam yetkazish ustida ishlashda davom etamiz”.

Bayonotda hayotdan ko'z yumganlarga Allohning rahmati, Bosniya va Gersegovina xalqiga hamdardlik bildirildi.

Mahalliy manbalar, Bosniya va Gertsegovinaning Jablanica va Konjich shaharlarida sodir bo'lgan suv toshqinlarida 14 kishining jasadi topilganini, qidiruv-qutqaruv ishlarining davom etganini ma'lum qildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar