Erdo'g'an raisligida milliy xavfsizlik kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi
Turkiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashini, mojaroni Yaqin Sharqqa yoyish maqsadida Isroil tomonidan Falastin hududidan tashqariga qaratilgan hujumlarni oldini olish uchun zudlik bilan chora ko'rishga chaqirdi.
Turkiya milliy xavfsizlik kengashi mas'uliyatli tashkilotlarni, ayniqsa Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashini, mojaroni Yaqin Sharqqa yoyish maqsadida Isroil tomonidan Falastin hududidan tashqariga qaratilgan hujumlarni oldini olish uchun zudlik bilan chora ko'rishga chaqirdi.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an raisligida o'tkazilgan milliy xavfsizlik kengashi yig'ilishidan keyin imzolangan Deklaratsiyada e'lon qilindi.
Deklaratsiyada Suriya hududlarida joylashgan terror tashkilotlarini bartaraf etishga qaratilgan faoliyatlar uzluksiz davom ettirilishi va milliy xavfsizlikka ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan har qanday reja yoki qo'poruvchilik harakatiga yoʻl qoʻyilmasligi, mamlakatlarga umumiy tahdid bo'lgan terror tashkilotlariga qarshi kurash, ayniqsa PKK/KCK-PYD/YPGga qarshi kurashda Iroq bilan hamkorlikning kuchaytirilishi taʼkidlandi.
“Mas’uliyatli tashkilotlar, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi mojaroni Yaqin Sharqqa yoyish maqsadida Isroil Falastin hududidan tashqarida sodir etayotgan hujumlarni oldini olish uchun imkon qadar tezroq chora ko‘rishga chaqirildi. Turkiya Isroilning g'ayriinsoniy hujumlari oldida o'z xalqi va davlati, qardosh Livan xalqi va hukumati yonida turishi tasdiqlandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibini "persona non grata" deb e’lon qilish va uning mamlakatga kirishini taqiqlash Isroil qonunbuzarligining so’nggi namunasi sifatida qoralandi", deyiladi bayonotda.