Turkiya Isroil hujumlarini to‘xtatish uchun chora ko‘rishni davom etadi

Prezident Erdo‘g‘an, Livan Bosh vaziri Najib Mikati bilan telefon orqali muloqot qildi.

2188857
Turkiya Isroil hujumlarini to‘xtatish uchun chora ko‘rishni davom etadi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Livan Bosh vaziri Najib Mikati bilan telefon orqali muloqot qildi.

Mavzu haqida Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan bayonot berildi.

Ushbu bayonotga ko‘ra muloqot chog‘ida Prezident Erdo‘g‘an Livandagi hujumdan chuqur qayg‘uda ekanini bildirib, hujumda hayotdan ko‘z yumganlarga Olloxdan rahmat, tan jarohati olganlarga esa shifo tiladi.

Prezident Erdo‘g‘an, muloqotda shuningdek, Isroilning urushni mintaqaga yoyishga urinishini «nihoyatda xavfli» - deb baholar ekan, Isroil hujumlarini to‘xtatish uchun chora ko‘rish ishlari davom etishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz kecha Livandagi Hizbulloh unsurlari tomonidan foydalanilgan peyjerlarda portlashlar sodir bo‘ldi.

Livan Sog‘liqni Saqlash vazirligi voqeada 12 kishi, jumladan 2 nafar yosh bola halok bo‘lgani va taxminan 2800 kishining tan jarohati olganini, ulardan 300 nafarga yaqinining ahvoli og‘ir ekanini ma'lum qildi.



Aloqador xabarlar