Hakan Fidan Livan xalqiga hamdardlik bildirdi
Hakan Fidan, Livan Bosh vaziri Najib Mikati bilan telefon orqali muloqot qildi.
2188464
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, peyjerlar orqali uyushtirilgan hujum ortidan Livan Bosh vaziri Najib Mikati bilan telefon orqali muloqot qildi.
Hakan Fidan, Mikatidan, hujum haqida ma'lumot oldi. Ortidan qurbon bo‘lganlar uchun Livan xalqiga hamdardlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz kecha Livandagi Hizbulloh unsurlari tomonidan foydalanilgan peyjerlarda portlashlar sodir bo‘ldi.
Livan Sog‘liqni Saqlash vazirligi voqeada 12 kishi, jumladan 2 nafar yosh bola halok bo‘lgani va taxminan 2800 kishining tan jarohati olganini, ulardan 300 nafarga yaqinining ahvoli og‘ir ekanini ma'lum qildi.