Rossiya bilan O‘zbekiston harbiy sohada strategik sheriklik dasturini imzoladi
Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov O‘zbekiston poytaxti Toshkentga rasmiy tashrif uyushtirdi.
Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida 2026 - 2030 yillarga mo‘ljallangan harbiy sohada strategik sheriklik dasturi imzolandi.
Mavzu haqida Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan bayonot berildi va unga ko‘ra Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov O‘zbekiston poytaxti Toshkentga rasmiy tashrif uyushtirib, shu doirada o‘zbekistonlik hamkasbi Shuhrat Halmuhamedov bilan uchrashdi.
Belousov ushbu tashrif doirasida bergan bayonotida, O‘zbekiston tomoni bilan olib borilayotgan qo‘shma faoliyatlar Markaziy Osiyo xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaganini ta’kidlab: «Rossiya bilan O‘zbekiston strategik sheriklar va ko‘p yillardan buyon do‘st bo‘lib kelgan davlatlardir», - deya gapirdi.
O‘zbekiston bilan bo‘lgan hamkorlik rivojlanib borayotganini ifoda etgan Belousov, ikki davlat o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlikda yangi bosqichga qadam qo‘yilishini qayd etdi.
Belousov bilan Holmuhammedov, uchrashuvlari ortidan Rossiya bilan Oʻzbekiston mudofaa vazirliklari oʻrtasida 2025 - yilga moʻljallangan hamkorlik rejasi va 2026 – 2030 - yillarga moʻljallangan harbiy sohada strategik sheriklik dasturini imzoladilar.
Belousov keyinroq Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi.
Mirziyoyev, Belousov bilan bo‘lgan uchrashuvida Markaziy Osiyodagi harbiy - siyosiy vaziyatni qo‘lgan oldi.