Ozarbayjon va Armaniston chegarani demarkatsiya qilish bo'yicha kelishib oldi

Ozarbayjon va Armaniston bosh vazirlari oʻrinbosarlari rahbarligidagi chegara demarkatsiya komissiyalari ikki davlat chegarasida yigʻilish oʻtkazdi.

2231668

Ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Ozarbayjon Bosh vazir o'rinbosari Shahin Mustafoyev va Armaniston Bosh vazir o'rinbosari Mher Grigoryan rahbarligida chegara demarkatsiya komissiyalarining 11-yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig’ilishda tomonlar Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi va Gruziya Respublikasi chegaralarining kesishgan joyidan boshlab, shimol va janub yoʻnalishida chegarani belgilash ishlarini davom ettirish va Armaniston-Ozarbayjon-Eron chegarasi chorrahasida mojaroga barham berish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar, shuningdek, chegaralarni demarkatsiya qilish ishlarini olib borish bo‘yicha yo‘riqnoma loyihasini muhokama qildilar va navbatdagi yig’ilishning sanasi va joyi ishchi guruh darajasidagi maslahatlashuvlar orqali belgilanishiga kelishib oldilar.

Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar