O‘zbekiston yadro xavfsizligi bo‘yicha xalqaro shartnomalarga qo‘shiladi
O‘zbekiston quyidagi xalqaro shartnomalarga qo‘shilishni rejalashtirmoqda.
2228968
Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi (Vena, 1963 yil 21 may);
Yadro avariyalari yoki radiasiyaviy avariya holatlarida yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1986 yil 26 sentyabr);
Yadroviy avariya haqida tezkor xabar berish to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1986 yil 26 sentyabr);
Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1994 yil 17 iyun).
Bundan tashqari, 2025 yilda quyidagi qonunlarni ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda:
- "Kimyoviy xavfsizlik to‘g‘risida";
- "Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida";
- "Radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilish to‘g‘risida".