Turkiyaning “RÖNESANS HOLDING” rahbari O'zbekistonga tashrif buyurdi

O’zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov Turkiyaning “RÖNESANS HOLDING” boshqaruvi raisi Kamil Yanikomerogʻlu bilan muzokaralar oʻtkazdi.

2217352

Uchrashuvda tomonlar turk kompaniyasining O’zbekistonda Davlat Xususiy Sheriklik asosida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama etdilar.

Kamil Yanikomerogʻlu kompaniya Toshkent – Samarqand tezyurar temir yoʻlini qurish loyihasida ishtirok etishga katta qiziqish bildirayotganini alohida taʼkidlab oʻtdi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

“RÖNESANS HOLDING” Turkiyadagi eng yirik qurilish va investitsiya kompaniyalaridan biri boʻlib, Gollandiya, Shveysariya, Germaniya va boshqa bir qator mamlakatlarda oʻz filiallariga ega.

Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya , #RÖNESANS HOLDING

Aloqador xabarlar