Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida qo‘shma deklaratsiya imzolandi

Ikki davlat hukumatlari oʻrtasida energetika, bojxona, sogʻliqni saqlash, turizm, taʼlim, huquq, qurilish, ekologiya, transport va logistika kabi koʻplab sohalarda 20 ta hamkorlik shartnomasi imzolandi.

2214755
Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida qo‘shma deklaratsiya imzolandi

 

Kecha, 27 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Ostonaga keldi. Oliy martabali mehmon xalqaro aeroportda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan kutib olindi.

Shuningdek, Oqo‘rda prezident saroyida Putin sharafiga tantanali kutib olish marosimi o’tkazildi. Bo’lib o’tgan uchrashuv va muzokaralarda Tokayev Rossiyani “ishonchli strategik hamkor va ittifoqchi” deya atadi. Putin esa, Qozogʻistonni “ishonchli doʻst va eng yaqin ittifoqchi” deb baholadi.

Prezidentlar muzokaralardan so‘ng Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida “yangi global tartib sharoitida strategik sheriklikni chuqurlashtirish” haqidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

Tokayev imzolash marosimidan so‘ng o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida muzokaralar ochiq va shaffof natijaga qaratilganligini ma’lum qilib, “Strategik sherikligimizning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldik” dedi.

Tokayevning aytishicha, muzokaralarning asosiy mavzusi iqtisodiyotdir.

Ikki davlat oʻzaro aloqada boʻlmagan soha yoʻqligini taʼkidlagan Tokayev, Qozogʻiston va Rossiya oʻrtasida bahsli masala mavjud emasligini taʼkidladi. Putin esa imzolangan mushtarak deklaratsiya ikki davlat hukumatlari zimmasiga ulkan vazifalarni yuklayotganini aytdi.

U shuningdek, Qozog'iston bilan tinch yadroviy tadqiqotlar sohasida hamkorlik rivojlanib borayotganini, transport va koinot sohalarida qo'shma loyihalarga start berilganini aytdi.

Ikki davlat hukumatlari oʻrtasida energetika, bojxona, sogʻliqni saqlash, turizm, taʼlim, huquq, qurilish, ekologiya, transport va logistika kabi koʻplab sohalarda 20 ta hamkorlik shartnomasi imzolandi.

 



Aloqador xabarlar