TURKSOYning «Turk dunyosidan ilhomlar» gastrol safari Karsda davom etmoqda
Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan kelgan san’at ustalari Ani shahrining fath etilishining 960 – yilligini nishonlash dasturida ishtirok etish maqsadida hozirda Kars viloyatidalar.
Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistondan kelgan san’at ustalarining Turkiyaning Kars viloyatida namoyish etgan folklor san’atidagi sehr va joziba tomoshabinlarni lol qoldirdi.
Turkiy madabiyati tashkiloti TURKSOY tarkibidagi davlatlardan Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan kelgan san’at ustalari Ani shahrining fath etilishining 960 – yilligini nishonlash dasturida ishtirok etish maqsadida hozirda Kars viloyatidalar.
San’at ustalari, Ani shahrining Bedestan mintaqasida «Turk dunyosidan ilhomlar» degan nom ostida konsert dasturi bilan sahnaga chiqdilar.
Ushbu konsert dasturi kechasi kech soatgacha davom etar ekan, yuzlab inson tomosha qildi.
Tomoshabinlar san’atkorlarning qo‘shiqlariga jo‘r bo‘lib, bir necha daqiqa davomida folklor ijrolarini olqishladilar.