Matbuot sharhlari 31.12.2024
Turkiya gazetalaridan sharhlar...
Star gazetasi: “Erdo’g’an: PKK/YPG bilan aloqa o’rnatishni qabul qilib bo’lmaydi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Al Nahyon bilan telefon orqali muloqot qildi. Erdo'g'an Suriyada faoliyat yuritayotgan PKK/YPG terror tashkiloti mintaqadagi kurdlarning vakili sifatida ko'rilishini qabul qila olmasligini, DAIShning mintaqadagi vaziyatdan foydalanishiga yo'l qo'ymaslik kerakligini, Isroilning mavjud vaziyatdan foydalanib, Suriyadagi yangi jarayonga putur yetkazishining oldini olish kerakligini ta'kidladi.
Yeni shafak gazetasi: “Energetika bo’yicha Turkiya delegatsiyasi vaziyatni ko’zdan kechirish uchun Damashqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya Suriyadagi energiya infratuzilmasini qayta faollashtirish uchun amalga oshiriladigan ishlarni aniqlash va yo‘l xaritasini tuzish uchun Damashqqa delegatsiya yubordi.
Vatan gazetasi: “Bayraktar: Shirnakda kunlik neft ishlab chiqarish 70 ming barreldan oshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar, "Shirnak, ayniqsa, energiya va neft uchun muhim viloyatga aylandi. Bugungi kunga kelib viloyatda neft ishlab chiqarish ko’rsatgichi 70 ming barreldan oshdi",- dedi.
Sabah gazetasi: “Toggni 20 oyda mahalliylashtirish darajasi 72 foizdan oshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya Sanoat va texnologiyalar vazirligi tomonidan e'lon qilingan mahalliy tovarlar indeksiga ko'ra, mahalliy elektromobil Togg bozorga chiqarilganining 20-oyida 72,18 foiz mahalliylashtirish darajasiga erishdi.
Hurriyat gazetasi: “HURKUSHning birinchi parvozi amalga oshirildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, TAI tomonidan ishlab chiqarilgan HURKUSHning birinchi parvozi Turk Havo Kuchlarining uchuvchilarni tayyorlash ehtiyojlarini qondirish va mudofaa sanoati imkoniyatlarini yanada oshirish maqsadida amalga oshirildi. 20 daqiqalik parvoz davomida 6500 fut balandlikka va 140 knot tezlikka erishildi.